«Barselona» Grizmanning transferi tufayli jazolanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 618
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi "Barselona"ga nisbatan ikki xil jazo chorasini qo'llash variantini ko'rib chiqmoqda.
Agar "ko'k-anorranglilar" hujumchi Antuan Grizmann bilan muzokaralarni muddatidan avval boshlagani isbotlansa, jamoaning uy stadioni hisoblangan "Kamp Nou" bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Bu ishni ko'rib chiqayotgan hakam Xuancho Landaberea "Barsa"ni 300 evro miqdorida jarimaga tortish variantini ham taklif qildi. Mazkur ish bo'yicha qaror kelasi haftada e'lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Grizmann yozgi transfer paytida "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tdi. Kataloniyaliklar frantsiyalik futbolchi uchun shartnoma ko'rsatilgan 120 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashdi. Ammo madridliklar futbolchining tovon puli 200 million evro bo'lgan paytda "Barsa" Grizmann bilan dastlabki shartnomani imzolagan deb hisoblab, kataloniyaliklardan yana 80 million evro miqdorida pul undirishni ko'zlab, Ispaniya futbol federatsiyasiga shikoyat kiritgan edi.