Ekaterinburg-2019. Besh nafar bokschimiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460
Boks bo'yicha Ekaterinburg shahrida o'tkazilayotgan jahon chempionatida to'qqizinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Biroz avval eng og'ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ukrainalik raqibiga qarshi chorak final yo'llanmasi uchun jang qildi.
Tsonte Rogavaga qarshi bahs olib borgan Jalolov aniq va kuchli zarbalari bilan barchaning diqqat-e'tiborini tortdi. Bu esa hakamlarning yakuniy qarorida o'z isbotini topmasdan qolmadi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27).
Jalolov ham chorak final masalasini ijobiy hal qildi. Hamyurtimiz ertaga AQShlik Richard Torresga qarshi ringga ko'tariladi.
Shu tariqa, 5 nafar bokschimiz ertaga bo'lib o'tadigan chorak final bosqichida jang olib boradigan bo'ldi. Quyida musobaqani davom ettirayotgan vakillarimiz va ularning chorak finaldagi raqiblarini yodga olib o'tamiz:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov — Daniel Asenov (Bolgariya)
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov — Qayrat Eraliev (Qozog'iston)
-69 kg: Bobousmon Baturov — Ziyod Eshash (Iordaniya)
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov — Loren Alfonso (Ozarboyjon)
+91 kg: Bahodir Jalolov — Richard Torres (AQSh)