O'zbekiston U-19 terma jamoasi ikkinchi o'yinda ham Iordaniyani mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

Iordaniyada yig'in olib borayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi bugun ushbu yurt yoshlar termasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi.
Hamyurtlarimizning gollariga Hojimat Erkinov va Ulug'bek Hoshimov mualliflik qilishdi.
Bundan ikki kun avval o'tkazilgan dastlabki o'yinda ham O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Iordaniya U19 - O'zbekiston U19 0:2
Gollar: Hojimat Erkinov, Ulug'bek Hoshimov.
O'zbekiston U-19: Asadbek Polvonov, Xurshid Ubaydullaev, Sunnatilla Hamidjonov, Ibrohimxalil Yuldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Diyor Rahimkulov, Mironshox Sattorov, Jasur Jaloliddinov, Hojimat Erkinov, Ruslan Roziev, Otabek Jo'raqo'ziev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mo'minmirzo Qodirov, Ibrohim Ibragimov, Behzod Shamsiev, Alibek Davronov, Mirjalol Mirzaev, Muzaffar Olimjonov, Doston Tursunov, Ulug'bek Hoshimov, Eldor Begimov.

Bosh sahifaga
231