Ekaterinburg-2019. Ro'zmetov chorak finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 653

Ekaterinburgda boks bo'yicha jahon chempionatining nimchorak final bosqichi janglari yakuniga etib bormoqda.
Hozirgina -81 kg. vazn toifasida Dilshodbek Ro'zmetov ruminiyalik Andrei Aradoayga qarshi jang olib bordi. Hamyurtimiz jang boshidan faollik namoyish qilib, birinchi raundda ustunlikka ega bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda esa bo'y jihatdan ustunlikka ega bo'lgan rumin bokschisi vaziyatni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Boz ustiga, jang referisi vatandoshimizga ogohlantirish berdi.
Uchinchi raundda Dilshodbek aniqroq va ko'proq zarba berib, jangni o'z foydasiga hal qildi. Hakamlarning baholari — 5:0 (29:27, 28*:28, 29:27, 28*:28, 28:28).
Ro'zmetov chorak finalda Umar Jambekov (Avstriya) / Loren Alfonso (Ozarboyjon) juftligi g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.
Shu tariqa, Jahon chempionatida to'rtinchi bokschimiz chorak finalga chiqqan bo'lsa, 3 nafar hamyurtimiz musobaqani tark etdi. Birozdan keyin eng og'ir vazndagi bokschimiz Bahodir Jalolov o'zining dastlabki jangini o'tkazadi.

Bosh sahifaga
189