Sancho va Meddison – «MYu»ning asosiy transfer maqsadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 569
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaga angliyalik futbolchilarni olib kelmoqchi, deya yozmoqda ESPN nashri.
Klub “Borussiya” vingeri Jeydon Sancho va “Lester” yarim himoyachisi Jeyms Meddisonlar bilan shartnoma imzolamoqchi. “Lester” futbolchisini 70-80 million funtga baholamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Sulsher shuningdek jamoada “Nyukasl” futbolchisi Shon Longstaff, “Bornmut” hujumchisi Kallum Uilson va “Stok Siti” himoyachisi Natan Kollinzni ko'rmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!