Bobousmon Baturov amerikalik raqibi bilan mardonavor jang qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 496

Ekaterinburgda (Rossiya) boks bo'yicha jahon chempionatining to'qqizinchi kun dasturidan o'rin olgan kechki janglar davom etmoqda. Biroz avval -69 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Bobousmon Baturov amerikalik Delante Jonsonga qarshi bahs olib bordi.
Shiddatli kechgan 3 raund hisob-kitoblariga ko'ra Bobousmon Baturov musobaqani davom ettiradigan bo'ldi. Shu tariqa vakilimiz chorak finalda Bayarxu Ganbatar (Mo'g'iliston) va Ziyad Eyshash (Iordaniya) juftligi g'olibi bilan to'qnash keladigan bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226