Sanjar Tursunov hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 481

Boks bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sanjar Tursunov (-91 kg) o'zining mazkur jahon chempionatidagi ikkinchi jangini o'tkazdi.
Hindistonlik Sanjit Sanjit bilan bahs olib borgan vakilimiz mag'lubiyatga uchrab, jahon chemionatining chorak finaliga yo'l ololmadi. Eslatib o'tamiz, Tursunov aprel oyida Tailandda o'tgan Osiyo chempionatida ushbu raqibini mag'lub etishning uddasidan chiqqan edi.
Shu tariqa mazkur jahon chempionatida Elnur Abduraimov (-63 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) o'z ishtirokini yakunlashdi. Bugun kechki dasturda yana 4 nafar vakilimiz chorak final yo'llanmasi uchun ringga ko'tariladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222