Anchelotti: «Liverpul» o'tgan yilga qaraganda kuchliroq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 796

Neapolitanlar murabbiysi EChL o'yini oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tadigan EChLdagi o'yin haqida fikr bildirdi.
"Biz Evropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynaymiz va ular APLda hali ochko yo'qotishgani yo'q. Bunday o'yinlardagi natija juda muhim, ammo eng muhimi, biz eng yaxshi jamoalarni yuta olishimizga ishonchimiz komil.
O'tgan yili biz juda kuchli guruhda edik. Biz "A" Seriyadagi ruhiy ta'sir ko'rsatgan o'tgan mavsumdagi umidsizlikni yo'q qilishga qaror qildik.
EChL g'olibi odatda o'yinning favoritidir, ammo u o'tgan yilgi San Paolodagi o'yin bilan bir xil bo'ladi. "Liverpul" kuchayib ketdi, chunki EChLdagi chempionlik sizga ishonch beradi", - deydi Anchelotti Sky Sports nashriga.

Bosh sahifaga
279