Nihoyat! Mahmud Muradov UFC bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Aralash jang san'ati (MMA) bo'yicha -84 kg vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan Mahmud Muradov (22-6, 14 KO) mazkur sport turining eng nufuzli yo'nalishi sanalgan UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.
Mahmud Muradov bu orqali nufuzli turnirda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan ilk o'zbekistonlik sportchiga aylangan.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov shu kunga qadar Chexiyaning XFN, undan keyin esa OKTAGON MMA turnirlarida ishtirok etib kelgan. So'nggi marta u braziliyalik Vendell Oliveyrani (31-13, 16 KO) mag'lubiyatga uchratgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195