«Valensiya» o'yinchilari «Chelsi»ga qarshi o'yin oldidan boykot e'lon qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 743

«Valensiya» o'yinchilari Marselino iste'foga chiqarilgani uchun o'z e'tirozlarini bildirishmoqda.
Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida bo'ladigan «Chelsi»ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida "ko'rshapalaklar"ning birorta futbolchisi ishtirok etishni istamadi.
Futbolchilar «Barselona»ga qarshi o'yin (2:5)dan keyin matbuot bilan gaplashishdan bosh tortishgan edi. Ular avvaldan bu haqda klub rahbariyatini ogohlantirib qo'yishgan edi.
Avalroq «Valensiya» xo'jayini Piter Lim bosh murabbiy Marselino bilan kelisha olmayotgani uchun mutaxassisni iste'foga chiqargan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
164