Og'ir atletikachilarimiz Tailandga jo'nab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

18-27 sentyar kunlari Tailandning Pattayya shahri og'ir atletika bo'yicha navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Tokio Olimpiadasiga eng yirik reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqada terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Biroz avval delegatsiyamiz vakillari Tailand safariga yo'l olishdi. Mazkur dunyo birinchiligida quyidagi 10 nafar atletimiz yurtimiz sharafini himoya qiladilar:
Erkaklar:
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-73 kg: Doston Yoqubov
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-96 kg: Zaynobiddin Muhammadaminov
-102 kg: Sunnatillo O'sarov
-109 kg: Akbar Jo'raev
Ayollar:
-49 kg: Nigora Abdullaeva
-55 kg: Muattar Nabieva
-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-87 kg: Dolera Davronova
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan sportchilarimizga ulkan g'alabalar tilab qoladi.

Bosh sahifaga
164