PSJ triosi «Real»ga qarshi o'ynamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 696

Xabaringiz bor, PSJ chorshanba kuni EChL guruh bosqichining 1-turi doirasida Madridning "Real" klubini qabul qiladi.
Marca nashrining bergan ma'lumotlariga ko'ra, mezbonlardan hujumchilar Kilian Mbappe va Edinson Kavani jarohat bois bu o'yinni o'tkazib yuboradi. Ularning har ikkisi ham avgust oxirida "Tuluza" bilan o'yinda shikastlangan edi.
Qolaversa, parijliklarning yana bir hujumchisi Neymar ham !Real!ga qarshi maydonga tusha olmaydi. U o'tgan yili musobaqa nimchorak finalidagi !Manchester Yunayted! bilan o'yinda hakamlarni haqoratlagani uchun diskalifikatsiya qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, PSJ – "Real" o'yini 18 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan payshanbaga o'tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205