Abraxam Nigeriya termasi uchun o'ynashini inkor qilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 778

Angliya terma jamoasi hamda "Chelsi" hujumchisi hali ham fuqarolikka oid yakuniy qarorni qabul qilmadi.
21 yoshli "Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam Angliya termasida ikki marta - 2017-yilda Germaniya va Braziliyaga qarshi o'yinlarda maydonga tushgan. Ammo, bu o'rtoqlik uchrashuvlari edi va Nigeriya hanuzgacha hujumchini o'z bayrog'i ostida jalb qilishga umid qilmoqda.
"Men bunday suhbatlar haqida eshitganman, lekin bu haqda o'ylamaganman. Vaqt o'tishi bilan hammasi aniq bo'ladi.", - dedi Abraxam The Telegraph nashriga.
"Hech narsani inkor qilib bo'lmaydi. Hozir "Chelsi"ga bor e'tiborimni qaratmoqdaman".
Ma'lumot o'rnida, APLning dastlabki besh turida Temmi Abraxam ettita gol urdi va Serxio Aguero bilan birgalikda to'purarlar jadvalida etakchilik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" ertaga EChLda "Valensiya"ga qarshi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

Bosh sahifaga
164