Jahongir Turdievni Olimpiada yo'llanmasidan olti daqiqalik bahs ajratib turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1819

Nur-Sultan shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining uchinchi kuni terma jamoamiz uchun ajoyib boshlandi. Biroz avval -97 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Turdiev bronza medali uchun dastlabki o'tish bosqich bellashuvida ishtirok etdi.
Yaponiyalik Yuta Nara bilan bellashgan Jahongir 6:4 hisobida ustun keldi. Vakilimiz ushbu g'alaba bilan Tokio Olimpiadasining yo'llanmasi va bronza medali sari dadil qadam tashladi. Turdiev endilikda polshalik Tadeush Maxilikka qarshi gilamga chiqadi. Kurashchimiz ushbu raqibni ham mag'lub eta olsa, bronza medali uchun kurashish imkoniyati va eng asosiysi Tokio Olimpiadasi litsenziyasiga ega bo'ladi.
Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov



Bosh sahifaga
186