Shaxmat. Jahon chempionatidan medallar bilan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 739

Ispaniyaning Salobreniya shahrida 11-13 sentyabr kunlari 14,16,18 yoshgacha bo'lganlar orasida rapid va blits yo'nalishidagi shaxmat bo'yicha Jahon chempionati bo'ldi o'tdi.
Unda yurtimiz sharafini Tursunova Aziza (Surxondaryo, 2003 yil tug'ilgan) 16 yoshgacha bo'lgan qizlar yosh toifasida, Madaminov Muhiddin (Toshkent, 2006 yil tug'ilgan) esa 14 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalalar yosh toifasida qatnashishdi.
Kuni kecha qaytib kelgan shaxmatchilarimiz orasida Madaminov Muhiddin 14 yoshgacha bo'lganlar orasida tezkor shaxmatda eks-chempiont ya'ni kumush medalga sazovor bo'ldi, Tursunova Aziza esa blits musobaqalarida sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ushbu chempionatda qatnashish bilan bog'liq sarf-harajatlar O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi tomonidan qoplangan.
Shaxmatchilarimizga g'alabali yurishlari davom etishini tilab qolamiz.

Bosh sahifaga
206