O'zbekiston U-19 terma jamoasi Iordaniyani mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 830

Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni kunlarda Iordaniyada yig'in o'tkazmoqda.
Yig'in doirasida Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 marta bahs yuritilishi ko'zda tutilgan. Bugun dastlabki o'rtoqlik o'yini tashkil etildi. Unda Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari 2 ta to'p farqi bilan g'alaba qozonishdi.
O'rtoqlik o'yini
Iordaniya U19 – O'zbekiston U19 0:2
Gollar: Ulug'bek Hoshimov, Mirjalol Mirzaev.
O'zbekiston U19: Asadbek Polvonov, Saidazamat Mirsaidov, Alibek Davronov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Sunnatilla Hamidjonov, Jasur Jaloliddinov, Ibrohim Ibragimov, Diyor Rahimqulov, Xojimat Erkinov, Ulug'bek Hoshimov, Ruslan Roziev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mo'minmirzo Qodirov, Xurshid Ubaydullaev, Behzod Shamsiev, Mironshox Sattorov, Mirjalol Mirzaev, Muzaffar Olimjonov, Doston Tursunov, Otabek Jo'raqo'ziev, Eldor Begimov

Bosh sahifaga
188