JCh. Vardanyan finalda, Hoshimbekov bronza medali uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403
Nur-Sultan shahrida (Qozog'iston) sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining birinchi kun bellashuvlari o'z yakuniga etdi. Reglamentga ko'ra, bugun yunon-rim kurashi bo'yicha -55, -63, -72 va -82 kilogramm vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazildi.
E'tiborlisi, -72 kilogramm vaznda ishtirok etgan yurtdoshimiz Aram Vardanyan jahon chempionatining finaliga yo'l oldi. Sportimiz yarim finalda bolgariyalik Aik Mnatsakanyani 4:1 hisobida mag'lub etdi. Oltin medal uchun kechadigan kurashda sportchimiz rossiyalik Abuzaid Mantsigovga qarshi bahs olib boradi.
Afsuski, -82 kilogramm vazn toifasida Nurbek Hoshimbekov final uchun kechgan bellashuvda gruziyalik Lasha Gobadzega 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Vardanyanning finali va Hoshimbekovning bronza medali uchun kechadigan kurashi ertaga bo'lib o'tadi. Ta'kidlash joiz, bugun o'tkazilgan vazn toifalari Tokio-2020 Olimpiadasida amal qilmaydi. Ertadan Olimpiya vazn toifasidagi kurashchilar bahslarga kirishadi.
Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov