Aram Vardanyan va Nurbek Hoshimbekov yarim finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 503

Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida start olgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o'tmoqda. Biroz avval ikki nafar hamyurtimiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-72 kilogramm vazn toifasida Aram Vardanyan germaniyalik Feliks Vidmaerni mag'lub etishning uddasidan chiqqan bo'lsa, -82 kilogramm vaznda Nurbek Hoshimbekov norvegiyalik Rajbek Bisultanovni muddatidan avval taslim qildi. Afsuski, aka-uka Islom va Ilhom Bahromovlar chorak finalda omadsizlikka uchradi.
Yarim final juftliklari:
-72 kg: Aram Vardanyan – Aik Mnatsakanyan (Bolgariya)
-82 kg: Nurbek Hoshimbekov – Lasha Gobadze (Gruziya)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242