Sergey Milinkovich-Savich Rimga qaytishni xohlayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

"Al-Hilol" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich tez orada 2015 yildan 2023 yilgacha o'ynagan "Latsio" klubiga qaytishni istaydi.
Yozda serb poytaxt klubini tark etib, Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tdi va u erda yiliga 25 million evro maosh oladigan bo'ldi.
Il Messaggero xabariga ko'ra, o'tgan hafta Milinkovich-Savich Italiya Superkubogi uchun kelgan "Latsio" futbolchilarini Ar-Riyod aeroportida kutib oldi.
28 yoshli serb o'z sheriklariga ularni juda sog'inganini va qaytishni istayotganini aytdi. Eslatib o'tamiz, Milinkovich-Savichning “Al-Hilol” bilan shartnomasi 2026-yilgacha amal qiladi. Yozda klub futbolchi uchun 40 million evro tovon puli to'lagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212