VIDEO. Murodjon Ahmadaliev qay tariqa raqibini nokaut qildi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1103

Professional boksning ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliev (7-0, 6 KO) 13 sentyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 14 sentyabr) o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Unda Ahmadalievga kolumbiyalik tajribali bokschi Vilner Soto (22-7, 12 KO) raqiblik qildi.
GoSport.uz internet-nashri muxbirining xabar berishicha, Nyu-Yorkdagi «Medison Skver Garden» arenasidagi Hulu teatrida bo'lib o'tgan, 8 raundga mo'ljallangan jang to'rtinchi raundda nihoyasiga etdi. Aynan to'rtinchi raundning 1:56 soniyasi ortda qolganida Ahmadaliev tomonidan berilgan ketma-ket zarbalar natijasida hakam jangni to'xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249