Gvardiola : "Sane mavsum oxiriga qadar qaytadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 789
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Leroy Sanening mavsum oxirigacha maydonga qaytishini aytdi.
Angliya Superkubogi uchun "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda Leroy Sane jiddiy jarohat olgan edi, natijada u jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
Pep Gvardiola qachon Saneni futbol maydoniga qaytarish mumkinligini aytdi.
"U mavsum oxirigacha qaytib keladi. U avgust oyida jarohat olgan, shuning uchun u dekabr, yanvar yoki fevral oylarida futbol maydoniga qaytishi mumkin. Operatsiya yaxshi o'tdi va u sog'ayish jarayonini davom ettirish uchun bizga qaytdi. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi", - dedi Gvardiola Sky Sports nashriga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!