«Tottenxem» Eriksenga yangi shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 578

London klubi Kristian Eriksenni yarim himoyada saqlab qolish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum oxirida futbolchi erkin agent maqomini olishi va jamoani tark etishi mumkin.
"Shporlar" 27 yoshli daniyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchilar.
La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, klub Eriksenga yiliga 7,5 mln evro maoshi bilan besh yillik yangi shartnoma taklif qildi. Futbolchi hozircha munosabat bildirgani yo'q.
Eslatib o'tamiz, "Real", "Yuventus", PSJ, "Atletiko" va "Inter" vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241