Arsen Venger FIFAda ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355
"Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger FIFAda ish boshlashi mumkin. Frantsiyalik mutaxassis FIFAda texnik direktori lavozimiga tayinlanadi. Bu haqda The New York Times xabar tarqatdi.
U murabbiylik standartlarini yaxshilashga mas'ul bo'ladi. Shuningdek, u futbol o'yinining boshqa jihatlariga ham o'z maslahatlarini berib boradi.
Marko van Basten va Zvonimir Boban o'z lavozimini tark etganidan keyin FIFA bo'shagan o'rinlarni taniqli shaxslar bilan to'ldirmoqchi.
Venger 2018 yilda «Arsenal»ni tark etganidan keyin ishsiz yurgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!