A Seriya grandlari «Atletiko Paranaense» futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337
"Atletiko Paranaense" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Globe Esporte xabariga ko'ra, 21 yoshli yarim himoyachi bilan "Inter", "Napoli" va "Yuventus" jamoalari qiziqmoqda .
Ushbu klublar vakillari Gimaraesni Braziliya chempionatidagi o'yinlarini kuzatib borishgan.
Bruno Gimaraesning tovon puli 40 million evro qilib belgilangan.
Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda "Atletiko Paranaense" tarkibida braziliyalik futbolchi 13 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!