«Barselona»ning bir oylik murakkab taqvimi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475
«Barselona» klubi oktyabr oyidagi FIFA kunlariga qadar 7ta o'yin o'tkazadi. Ulardan 5tasi primero doirasida bo'lsa, ikkitasi — Evropa chempionlar ligasi bahsi.
Ernesto Valverde shogirdlari «Valensiya», «Borussiya Dortmund», «Inter» va «Sevilya» kabi kuchli raqiblarga to'qnash keladilar.
Dastlabki sinov 14 sentyabr, shanba kuni «Kamp Nou»da «Valensiya»ga qarshi bo'lib o'tadi.
Shundan so'ng jamoa Dortmundga yo'l oladi va «Borussiya»ga qarshi EChLning 1-turini o'tkazadi.
Shundan keyin esa kataloniyaliklar 7 kun ichida La liganing 3ta bahsida 9 ochko jamg'arishga urinib ko'radi. Raqiblar — «Granada» (21 sentyabr), «Vilyarreal» (24 sentyabr) va «Xetafe» (28 sentyabr).
Shundan keyin esa jamoani «Inter» (EChL) va «Sevilya» (La liga) o'yinlar kutib turibdi.
«Barselona»ning bir oylik taqvimi:
La liga, 4-tur. 14 sentyabr. 23:59. Barselona - Valensiya
EChL, 1-tur. 17 sentyabr. 23:59. Borussiya D - Barselona
La liga, 5-tur. 21 sentyabr. 23:59. Granada - Barselona
La liga, 6-tur. 25 sentyabr. 01:00. Barselona - Vilyarreal
La liga, 7-tur. 29 sentyabr. 20:00. Xetafe - Barselona
EChL, 2-tur. 2 oktyabr. 23:59. Barselona - Inter
La liga, 8-tur. 6 oktyabr. Barselona - Sevilya