«PSJ» va muxlislar o'rtasidagi munosabat yomonlashib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372
Neymar tufayli "Pari Sen-Jermen" klubi va muxlislar o'rtasidagi munosabat yomonlashib bormoqda.
RMC Sport tarqatgan xabarga ko'ra, jamoaning "Collectif Ultra Paris" deb nomlangan fanatlar guruhi klubning navbatdagi o'yinida Neymarga qarshi banner ko'tarilishini ma'lum qilgan. Ammo rahbariyat bunga yo'l qo'ymasligini ta'kidlagan.
Bunga javoban, muxlislar Liga 1 doirasida "Strasbur" va Chempionlar ligasi doirasida bo'ladigan "Real"ga qarshi o'yinlarga boykot e'lon qilishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Neymar yozda "PSJ"ni tark etishni istagani uchun muxlislar uni yomon ko'rib qolishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!