Klublar o'rtasidagi JChga 16 sentyabr kuni qur'a tashlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 673
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi 16 sentyabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Maykl Ouen marosimning maxsus mehmoni bo'ladi va u qur'a jarayonida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, musobaqada "Liverpul" (UEFA), "As-Sadd" (mezbon), "Iengen Sport" (OFC), "Monterrey" (KONKAKAF) va "Esperans" (Afrika) klublarining ishtirok etishi aniq bo'lib ulgurgan. KONMEBOL mintaqasi vakili 23 noyabr, Osiyo chempionlar ligasi g'olibi esa 24 noyabr kuni aniq bo'ladi.
Musobaqa 11 dekabrdan 22 dekabrgacha Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!