«Liverpul»ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 706

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh klubning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda mersisaydliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, eng yaxshi futbolchi nomiga Roberto Firmino va Sado Mane ham da'vogarlik qilishgan edi. Misrlik futbolchi APL doirasida 4ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
"Liverpul" Angliya premer-ligasida 12 ochko bilan jadvalda 1-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210