Messi: «Ronaldu bilan tushlik? Muammo yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 692

"Barselona" sardori Lionel Messi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan birga tushlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi avvalroq Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida Leoni tushlikka taklif qilgan edi.
"Ronaldu bilan tushlik? Muammo yo'q. Albatta, men uning taklifini qabul qilgan bo'lardim. U bilan o'rtada tushunmovchilik yo'q. Biz do'st bo'lmasak-da, taqdirlash marosimida hamisha uchrashamiz. Darvoqe, Monakodagi so'nggi uchrashuvda biz ko'p gaplashdik", - dedi Messi Sport.es nashriga bergan intervyusida.
Ronaldu 9 yil davomida "Real" sharafini himoya qilib, o'tgan yilning yozida "Yuventus"ga o'tib ketdi.
Barcha fikrlar: 1


Ronaldo oliyjanog odam hoh do'sti hoh dushmani bo'lsa ham tushlik qilaveradi
12 Sentabr 2019, 19:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206