Mourino: «Ronalduning muvaffaqiyatlari meni ajablantirmayapti»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 621

Portugaliyalik taniqli murabbiy Joze Mourino hamyurti “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“Ronaldu ayni dam o'zining tengqurlari ichida eng yaxshisi. Men uni 34 yoshida ham shunday ajoyib o'ynayotganidan ajablanayotganim yo'q, chunki u faqat g'alaba qozonish va yangi rekordlar o'rnatish haqida o'ylaydi.
Ronaldu doim yanada yaxshi bo'lishga va yanada ko'proq yutuqlarga erishishga harakat qiladi. U haqiqiy fenomen. Shuning uchun ham meni uning muvaffaqiyatlari ajablantirmayapti”, - deydi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207