«Valensiya»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 817
«Real» va «Barselona» klublari sobiq futbolchisi Albert Selades «Valensiya» bosh murabbiyiga aylandi. Tomonlar 2021 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolashdi.
43 yoshli mutaxassis 2014 yildan 2018 yilgacha Ispaniya U-21 jamoasini boshqargan bo'lsa, o'tgan mavsumda «Real»da Xulena Lopetegi murabbiylar shtabida ishlagan edi.
«Valensiya» avvalroq Marselino Garsii Toralni iste'foga chiqargan edi. Iste'foga klub xo'jayini bilan kelishmovchilik sabab bo'lgani aytilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!