Velosportchimiz Dilmurod Siddiqov kumush medalni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219
Xabar berganimizdek, bugun Hindistonda bo'lib o'tayotgan trek bo'yicha Osiyo kubogining so'nggi kuni. Musobaqa davomida o'z g'alabalari bilan yurtdoshlarimizni xushnud etib kelayotgan sportchilarimiz Osiyo kubogining oxirgi bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Kattalar o'rtasida bo'lib o'tgan poygada sportchimiz Dilmurod Siddiqov omnium yo'nalishida kumush medalni qo'lga kiritdi.
Shu tariqa O'zbekiston delegatsiyasi Osiyo kubogida 4 ta oltin hamda 3 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!