Shvetsiyada Ibrahimovichga haykal o'rnatiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382
Shvetsiyada «Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovichga haykal o'rnatiladi. Bu haqda AS xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi mazkur ishga buyurtma berdi. Haykal bronzadan yasaladi va futbolchi tug'ilgan Malmyo shahrida o'rnatiladi. Uning balandligi 2,7 metr, vazni 500 kg bo'ladi. U haykaltarosh Piter Linde tomonidan yasaladi. Haykal «Malmyo» klubining yangi va eski stadionlari oralig'ida barpo etiladi.
«Ushbu haykal Shvetsiyaning eng yaxshi futbolchisiga ko'rsatilgan ehtirom ramzi bo'ladi», — dedi Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Xakan Shostrand.
«Men Malmyoda haykal o'rnatish haqidagi qarordan xursandman. Avval boshdan menda shunday istak bo'lgan edi. Barchasi shu erdan boshlangan va mening yuragim shu erda joylashgan», — dedi Ibrahimovich.