Susaeta faoliyatini Yaponiya chempionatida davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373

Ispaniyalik vinger Markel Susaeta erkin agent sifatida "Gamba Osaka" safiga qo'shildi, deya xabar beradi Yaponiya klubining rasmiy sayti.
31 yoshli Susaeta butun faoliyati davomida Basklar sharafini himoya qilgan.
2007 yildan beri u Bilbaoning "Atletik" jamoasini asosiy o'yinchisi hisoblanib, klub safida 507 ta o'yin o'tkazib, 56 ta gol urgan va 87 ta golga assistentlik qilgan.
Ushbu yozda futbolchining "Atletik" bilan shartnoma muddati yakuniga etdi.
Ma'lumot uchun "Gamba Osaka" Yaponiya chempionatining 25-turidan keyin 18 ta jamoa ichida 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221