Luka Yovich jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 651

Serbiya terma jamoasi va «Real» klubi hujumchisi Luka Yovich Evro-2020 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Portugaliyaga qarshi o'yinda (2:4) jarohat oldi.
Serbiyalik futbolchi avvalroq o'yinga tayyorgarlik jarayonida jarohat olgan edi. U bahsning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, jarohatini chuqurlashtirib oldi.
Yovich tibbiy ko'rikdan o'tganidan keyin terma jamoaning Lyuksemburgga qarshi bo'ladigan o'yinida hujumchini maydonga tushirmaslik haqida qaror qabul qilindi.
Yovich ushbu mavsumda La liganing 3ta o'yinida maydonga tushib, hozircha gol urmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251