«Liverpul» Van Deyk bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

"Liverpul" klubi o'tgan haftada himoyachi Virjil Van Deyk bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. The Mirror tarqatgan xabarga ko'ra, yangi shartnoma 2025 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Futbolchining hozirgi shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Yangi shartnomada Virjilning maoshi ancha oshiriladi va uning haftalik maoshi 200 ming funtga etadi. Hozirda gollandiyalik futbolchi 125 ming funt haftalik maosh olmoqda.
Van Deyk "qizillar" safiga o'tganidan keyin mersisaydliklarning himoyadagi ishlari ancha yaxshilandi. Jamoa ushbu mavsumning 4ta o'yinida 3ta to'p o'tkazishdi. APLning o'tgan mavsumida esa "Liverpul" bor-yo'g'i 22ta gol o'tkazib yuborgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257