Arsen Venger Ronaldu va Messini taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517

«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Barselona» sardori Lionel Messi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni o'zaro taqqosladi.
«Ular shu darajada yaxshiki, ulardan birini tanlash qiyin. Ularning har birida 5tadan jahonning eng yaxshi futbolchisi sovrini mavjud. Bu esa ular haqiqatan ham bir xil darajada ekanini ko'rsatadi.
Messi – ijodkor yigit va u hal qiluvchi golni urishi mumkin. Nazarimda, Lionel Ronalduga nisbatan serqirra futbolchi.
Krishtianu esa ko'proq hujumni yakunlaydi, havoda kuchli. U atletik jihatdan kuchli bo'lsa, Messi ijodkor. Messi kabi futbolchi biroz ko'proq e'tiborni tortadi» – dedi Venger.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251