«Barselona»ning ikki himoyachisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 518

Terma jamoalar safida bo'lib turgan "Barselona"ning ikki futbolchisi jarohat oldi. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, o'ng qanot himoyachisi Nelson Semedu Evro-2020 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Serbiya-Portugaliya o'yinida to'pig'idan jarohat oldi. Portugaliyalik futbolchi o'yindan keyin tibbiy ko'rikdan o'tdi. Uning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi.
Shuningdek, "ko'k-anorranglilar" frantsiyalik himoyachisi Samuel Umtiti jarohat oldi. Uning oyog'i lat egani ma'lum bo'ldi.
Har ikkala futbolchi terma jamoaning navbatdagi turiga qolmasdan, "Barselona" safiga qaytishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225