Boks muxlislari uchun xushxabar!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 543
UZREPORT TV telekanali havaskor bokschilar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionati janglarini translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti ma'lum qildi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik muxlislar boks bo'yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi, chorak final, yarim final va final janglarini UZREPORT TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. Ya'ni telekanal chorak finaldan boshlab janglarni translyatsiya qiladi. Ochilish marosimi ertaga 8 sentyabr kuni soat 18:00da boshlanadi.
Jahon chempionati to'liqligicha Rossiya MATCh media holdingiga qarashli «Match! Boets» va «Match! Strana» telekanallari orqali namoyish etiladi. Bu ikkala kanalni ham faqatgina sun'iy yo'ldosh (parobolik antenna yordamida) orqali O'zbekistonda kuzatish mumkin.
Ma'lumot uchun, boks bo'yicha JCh joriy yilning 8-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston sharafini Jahon chempionatida quyidagi bokschilar himoya qilishadi:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov;
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov;
-63 kg: Elnur Abduraimov;
-69 kg: Bobousmon Baturov;
-75 kg: Fanat Qahramonov;
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov;
-91 kg: Sanjar Tursunov;
+91 kg: Bahodir Jalolov.