Shpagachi qizlarimiz bugungi dasturda ikkita bronza medalini qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288
Poytaxtimizda davom etayotgan “Satellit” xalqaro musobaqasida navbatdagi kun bellashuvlari yakuniga etdi. Reglamentga ko'ra, bugun ayollar o'rtasida shpaga quroli bo'yicha bahslar o'tkazildi. Unda ishtirok etgan vakillarimiz Malika Hakimova hamda Veronika Rojkova musobaqaning bronza medallariga sazovor bo'ldilar.
Dastlabki yarim final bahsida Rojkova gruziyalik Mayya Guchmazova bilan ro'baro keldi va 14:15 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Hakimova rossiyalik Marina Kesaevaga 10:15 hisobida mag'lub bo'ldi. Oltin medal uchun kechgan jang gruzin qilichbozining g'alabasi bilan yakunlandi.
“Satellit” xalqaro turniri.
Shpaga, ayollar.
1. Mayya Guchmazova (Gruziya)
2. Marina Kesaeva (Rossiya)
3. Veronika Rojkova (O'zbekiston)
3. Malika Hakimova (O'zbekiston)
Musobaqaning ertanggi dasturida erkaklar o'rtasida g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.