Habib jangdan so'ng nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 620
Kecha tunda bo'lib o'tgan Habib Nurmagamedov va Dastin Pore o'rtasidagi jangda dog'istonlik sportchining qo'li baland kelganidan xabaringiz bor. Jangdan song Habib «UFC RUSSIYA» kanaliga kichik intervyu berdi. Ushbu intervyuni e'tiboringizga taqdim etamiz.
- Habib seni g'alaba bilan tabriklaymiz. Seningcha hammasi ortda qoldimi? O'zingni qanday his etyapsan?
- Men ishonaman va aniq bilaman hammasi ortda qoldi. Hammasi to'liq ortda qolishi uchun biroz uxlab olishim zarur. Yaratganga beadad shukurlar bo'lsin, men buni uddaldim.
Sen oktogonda dam olmoqchi ekanligingi aytingi. Bu qancha davom etishi mumkin?
Menimcha 3 yo 4 kun dam olaman va vaziyatga qarab ish ko'raman. Hozir hissiyotlarga berilib biror narsani va'da qilishni istamayman. Tezroq uyga uchmoqchiman. O'zimga kelib olgach, oilamiz va murabbiylar bilan kelajakdagi rejalar borasida kelishib olamiz.
- Sen juda ko'p sayohat qilasan. Dam olgach, yana qaergadir sayohatga chiqishni rejalashtiryapsanmi?
- Menda hozir hech qanday reja yo'q. Shunchaki, uyqim kelyapti (kuladi). Menga bu borada juda ko'p takliflar kelib tushmoqda. Charchoq sabablimi yoki boshqa omil tufaylimi ochig'I bilmadim, lekin hozir kelajagim borsida hech narsa deya olmayman.
- Bu jang sen uchun ruhan og'ir kechdimi yoki jismoniy jihatdan qiyinroq bo'ldimi?
Ruhiy tomonlama jang men uchun oson kechmadi, lekin jismoniy tomonlama men ortiqcha qiyinchilikni his etganim yo'q. Men hammasini to'liq boshqarib tudim, toza va sifatli ishladim. Har doim nimagadir intilib yashamoq zarur. Har narsaning kamchiligi va yutuqlari mavjud. Bu jangni ham albatta ko'rib chiqamiz va xatolarimiz ustida ishlaymiz. O'sish uchun doimmo harakatda bo'lish lozim. Bugungi g'alabadan so'ng, to'xtab qolmoqchi emasman.
- Muxlislaringga aytadigan so'zlaring bo'lsa, marhamat
- Meni qo'llab-quvvatlab turgan insonlar uchun katta rahmat. Oldingi jangimda meni hushtaklar bilan qarshi olishgan edi. Bu safar hammasi o'zgacha bo'ldi. Meni juda yaxshi ruhlantirib turgan zaldagi barcha-barchaga alohida minaddorchiligimni bildirmoqchiman. Ochig'i, jang atmosferasi men kutganimdanda yoqimliroq tomonga o'zgarganini darrov sezdim. Men uchun duo qilgan barchaga chin yurakdan rahmat deb qolaman.