Evro-2020 saralash. Portugaliya dastlabki g'alabasiga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457
Evro-2020 saralash bosqichi doirasida 5-turning yana beshta o'yini bo'lib o'tdi.
Serbiya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvida muxlislar 6ta golga guvoh bo'lishdi. O'yin davomida ustunlik va tashabbus serblar tomonida bo'lsa-da, Santush shogirdlari vaziyatlardan o'ta oqilonalik bilan foydalanishdi. Mezbonlar qiyinchilik bilan gol urgan bo'lsalar, Ronaldu jamoadoshlari qarshi hujumda ularni jazolayverishdi. Krishtianu bu bahsda o'z hisobiga bitta gol yozdi. Ushbu g'alabadan keyin Portugaliyaning ochkolari 5taga etdi.
Frantsiya o'z maydonida Albaniyaga imkoniyat qoldirmadi. Turkiya esa o'z uyida autsayder — Andorrani qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Uchrashuv tugashiga 1 daqiqa qolganida To'fon g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. "H" guruhida Frantsiya, Turkiya va Islandiya 12 ochkodan jamg'arib, peshqadamlik qilishmoqda.
Turkiya – Andorra 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 89 Tufan.
Turkiya – Gyunok, Demiral, Merash (Tufan, 61), Chelik, Seyunjyu, Belezoglu, Kaxvedji, Yazidji, Chalxanoglu (Kiiliinch, 80), Tosun, Yalchin (Karaman, 46).
Andorra – Gomes Moreyra, Rodriges Soriya (Garsiya Renom, 63), San-Nikolas, Servos, Martines, Veyra (Garsiya, 87), Rebes, Maks Lovera, Vales, Lima, Klemente (Alaes, 79).
Ogohlantirishlar: Vales (20), Rodriges Soriya (47), San-Nikolas (50), Belezoglu (71), Seyunjyu (78), Alaes (90), Yazidji (90).
Serbiya – Portugaliya 2:4 (0:1, 2:3)
Gollar: 0:1 – 42 Vilyam Karvalyu, 0:2 – 58 Gedesh, 1:2 – 68 Milenkovich, 1:3 – 80 Ronaldu, 2:3 – 85 Mitrovich, 2:4 – 86 Bernardu Silva.
Serbiya – Dmitrovich, Nastasich, Maksimovich, Kolarov, Milenkovich, Matich, Milivoevich (Yovich, 87), Kostich (Katai, 83), Lazovich (Lyayich, 59), Tadich, Mitrovich.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Diash, Fonte, Semedu (Joau Kanselu, 65), Gerreyru, Bernardu Silva, Danilu Pereyra, Vilyam Karvalyu, Brunu Fernandesh (Moutinyu, 85), Gedesh (Joau Feliks, 70), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Maksimovich (10), Diash (39), Kolarov (64), Vilyam Karvalyu (89).
Frantsiya – Albaniya 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 8 Koman, 2:0 – 27 Jiru, 3:0 – 68 Koman, 4:0 – 85 Ikone, 4:1 – 90, penalti Tsikaleshi.
Frantsiya – Loris, Pavar, Lyuka Ernandes (Din, 80), Langle, Varan, Lemar (Fekir, 84), Tolisso, Matyuidi, Koman (Ikone, 77), Grizmann, Jiru.
Albaniya – Strakosha, Gimshiti, Ismayli, Mavray, Xyusay, Ramadani (Gyasula, 54), Roshi, Abrashi (Jaka, 73), Bare, Balay (Tsikaleshi, 61), Uzuni.
Ogohlantirishlar: Gyasula (66), Jaka (78).