Habib Poreni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 739
UFC engil vazn toifasida jahon chempioni Habib Nurmagomedov o'zining unvonini himoya qildi. BAAning Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tgan jangda rossyailik sportchi AQShlik Dastin Poreni mag'lub etdi.
Jang 3 raund davom etdi. Birinchi raundda Habib vaziyatni o'z nazoratida ushlab turdi. Ikkinchi bo'limda esa amerikalik sportchi o'zining kuchli zarbasini raqibga o'tkaza oldi. Uchinchi raundda Nurmagomedov dastlab raqibini yiqitdi, so'ngra Porening tomog'idan bo'g'ish uslubini qo'lladi. Dastin taslim bo'lishdan boshqa iloji qolmadi.
Shu tariqa, Habib faoliyatida ikkinchi marta chempionlik kamarini himoya qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!