Futzal. Terma jamoamiz Indoneziyani mag'lub etdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyada o'tayotgan “MNC Futsal Championship 2019” xalqaro musobaqasida ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.
Terma jamoamiz bugun musobaqa mezbonlariga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan o'yinda vakillarimiz Indoneziya terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
O'zbekiston – Indoneziya 3:1
Gollar: Davron Choriev (2ta), Dilshod Rahmatov.
O'zbekiston: Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiev, Sunnatilla Jo'raev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroev.
Zaxiradan tushganlar: Ravshan Eliboev, Anasxon Rahmatov, Shahzodjon Sa'diev, Davron Choriev, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Dilmurod Shavkatov, Mashrab Adilov, Dilmurod Jumaev.
Ertaga, 8 sentyabr kuni O'zbekiston Xitoy Taypeyi bilan o'ynaydi. Ushbu bahsdagi g'alaba terma jamoamizga musobaqa g'olibligini taqdim etadi.
8 sentyabr
10:00 O'zbekiston – Xitoy Taypeyi