So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
BAA U-16 bosh murabbiyi: «Asosiy maqsadimiz – yaxshi o'yin namoyish etish»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310
Joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda BAAlik tengqurlariga qarshi 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Bugun har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida BAA U-16 terma jamoasi ustozi Majid Salim Obaid Kasin Alzaabi quyidagicha fikrlar bildirdi:
- O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. Bu o'yinlar biz uchun Osiyo chempionati saralashi oldidan juda muhim tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Asosiy maqsadimiz – yaxshi o'yin namoyish etish. O'rtoqlik o'yinlarida natija ikkinchi darajali. Bilasiz, saralashda Qirg'iziston bilan o'ynaymiz. Shu sababli O'FA taklifiga rozi bo'ldik. Zero O'zbekiston havosi va iqlimi Qirg'izistonga ancha yaqin sanaladi.
O'zbekiston bilan 3 kun ichida 2 ta o'yin o'tkazamiz. Osiyo chempionati saralashida ham bizni tig'iz taqvim kutmoqda. Shu sababdan ham o'rtoqlik o'yinlarini shunday sanalarga belgiladik. Bu bizga ko'nikib olish imkonini beradi.
Biz 2 oy avval hozirlik jarayonini boshlagan edik. Iyul oyida 21 kun davomida shug'ullandik. Qolaversa, Serbiyada yig'in o'tkazdik. Shuningdek, bu erga kelish oldidan ko'rfazda ancha kuchli sanaladigan Saudiya bilan ham 2 ta o'yin o'tkazdik.
Guruhdagi raqiblarni ham imkon qadar o'rgandik. Iroq, Qirg'iziston hamda Livan bilan kuch sinashamiz. Iroq jismonan kuchli, Livanda individual mahorat yaxshi shakllangan. Qirg'iziston ham yaxshi o'yinchilardan iborat. Biz ham o'z o'yinimizni namoyish etishga urinamiz, - dedi Kasin Alzaabi.