Ishsiz qolib ketgan super murabbiylar! (1-qism)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10053
Zamonaviy futbolda ishsiz qolib ketayotgan murabbiylar kamdan – kam uchraydigan holat. Har qanday klub yoki terma yaxshi murabbiyga muhtoj, lekin shunday top murabbiylar ham borki ular hozirda ishsiz.
Antoniyo Konte
«Chelsi» va”Yuventus” dagi super mavsumlardan so'ng bu murabbiyning ishsiz qolib ketishiga ishonish qiyin. U bir oyog'i bilan «Real Madrid» bosh murabbiyi etib tayinlangandi ham, lekin oxirgi soniyalarda qandaydir kelishmovchiliklar evaziga bu ish amalga oshmay qoldi va «Qirollik klubi» rahbariyati Solariga imkoniyat berdi. Konte o'zining taktik futboli bilan istalgan klubni kuchaytira oladi desak, adashmagan bo'lamiz. Hozirda Konte va «Roma» jamoalari o'zaro shartnoma imzolashga yaqin turibdi deya yozmoqda «Le Gazetta Della sport» nashri.
Lianardo Jardim
«Monako»ning 44 yoshli sobiq ustozi hozirda ishsiz. Bunga ishonish qiyin, aslida, shunday. Dunyo futboliga 10 ga yaqin yulduzlarni etkazib bergan Jardim rahbariyatning pulga bo'lgan ehtiyoji qurboniga aylandi. Qatorasiga ikki mavsum deyarli butun jamoani sotib yuborgan «Monako» klubi mutasaddilari Jardimga ishlashga imkon qoldirishmadi. .. Yoshlar bilan ishlashni juda yaxshi biladigan iqtidorli murabbiyga talablar ko'p, ammo, Jardim kattaroq klubdan taklif kutayotganini yashirmayapti. Ingliz nashrlari allaqachon uni «Sautgemton» klubining yangi murabbiysi deb e'lon qilib yuborishgan bo'lsada, hozircha Jardim ishsiz.
Arsen Venger
Misie Venger uzoq yil «Arsenal» jamoasi postida o'tirgan bo'lsada, o'z imidjini tushirib yubormadi. Unga takliflar yog'ilib kelmoqda. U avvaliga APL jamoalarining bir nechtasiga yo'q deya javob bergan bo'lsa, ko'p o'tmay Yaponiya terma jamoasidan tushgan taklifga ham shunday javob qaytardi. Biroz o'tib uni ham «Real» bosh murabbiyi bo'lishi haqidagi gaplar urchib ketdi. Hozirda esa OAV uni «Bavariya» postiga eng loyiq murabbiy deb e'lon qilmoqda. «Bavariya» sport direktori Hasan Salihamidjich Venger haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortganini hisobga olsak, hademay «Bavariya» jamoasi Niko Kovachninig javobini berib yuborar. Yana kim biladi deysiz?!
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev