So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Garet Beyl "Real Madrid"ni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 530
Uelslik futbolchi kuni kecha «Sky Sport» nashriga intervyu berdi. Uning jamoadagi holati va murabbiy bilan aloqalari qanday ekanligi kopchilkni qiziqtirayotganidan xabarinngiz bor. Ushbu intervyudagi eng e'tiborga molik so'zlarni saytimiz o'quvchilariga taqdim etamiz.
Garet Beyl
Tushunaman, meni jamoaga kerakmas echki misoli klubdan uzoqlashtirishga harakat qilishdi. Men buni ko'nglimga yaqin olmagan bo'lsadamda, klubning tutgan yo'lini to'g'ri deb bo'lmaydi. O'tgan mavsum so'nggidagi o'yinimizni oqlab ham bo'lmaydi. Bunda nafaqat men butun jamoa o'zini yomon tomondan ko'rsatdi. Men o'zimni maydonda baxtliman deb ayta olmayman. Shunday bo'lsada, professionalman va maydonga tushishim bilan o'zimning bor kuchimni ishga solaman. Bu klubim yoki terma jamoadagi o'yin bo'ladimi farqi yo'q. Asosiysi o'yin amaliyotiga ega bo'lishim juda muhim.
Men golfchiman! Ha ha ishonavering huddi shunday. Bu haqida Kurtuaga aytib berganimda ishongisi kelmagan edi. Keyinchalik menga golfchi deb laqab qo'yib olishdi. Ochig'I bundan sira xafa emasman.
Futbol men uchun birinchi raqamli sport turi va to'p tepganim uchun menga haq to'lashadi. Golf esa, shunchak sevgan mashg'ulotim. Bunday mashgulot hammada bor va bu tabiiy. O'ylashimcha bir partiya golf o'ynashning futbolga zarracha ta'siri yo'q. Odamlar esa, bir-biridan qiziqarli voqealarni to'qib chiqarishdan charchashmayapti. Ahir ko'plab futbolchilar men singari golf o'ynash turishadiku. Men golfdan lazzat olaman. U menga asablarimni tinchlantirishda katta foyda beradi. Bu ajoyib o'yin.
Hammasi o'z joyiga tushgan bo'lsada, men unday deb o'ylamayman. Biz rahbariyat bilan gaplashib olishimiz lozim. Biz o'zaro suhbat davomida kelajagim borasida kelishib olishimiz kerak.
Zidan ajoyib murabbiy. Biz uning qo'l ostida fantastic natijalar qayd etganimizni tan olaman, biroq hozir hammasi ozgarib ketdi. Uning rahbariyat va futbolchilar bilan aloqalari yomon tomonga o'zgarib ketdi. Men buning sababini ayta olmayman. Istalgan futbolchining karierasida omadsiz davrlar kuzatilib turiladi, biroq bunday davrlardan so'ng ko'pincha g'alabalar keladi. Eng muhimi mashg'ulotlarda tinimsiz ishlash va maydonda bor kuch bilan harkat qilish. Men aynan shu rejimda faoliyat olib boryapman. Men asosiy tarkibga kirish uchun kurashdan qo'rqmayman. Aslida aynan shu narsa uchun Madridga kelgan edim. Umid qilamanki, rahbariyatning futbolchilarga bo'lgan qarashi o'zgaradi. Ana shundagina, futbolchilar engil tin oladi. Menga «Real Madrid»da to'p surish yoqadi. Aynan shu sababli boshqa klubga o'tishni istamadim.