Shaxmat. Ilk oltin medal
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528
Hindistonning Deli shahrida 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida G'arbiy Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. 11 hamyurtimiz ham ushbu musobaqada qatnashishmoqda.
Xalqaro Shaxmat akademiyasi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, FIDE toifasidagi sport ustasi, Xalqaro shaxmat akademiyasi tinglovchisi Abdurahmonov Muhammadali rapid yo'nalishi bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritdi. Marat Jumaev murabbiyligida musobaqaga tayyorlangan hamyurtimiz, 7 turlik musobaqada 5,5 ochko jamg'arib 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar orasida mutlaq g'olib bo'ldi.
Musobaqalar 11 sentyabrga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!