Nike bilan shartnoma Ronalduga qancha daromad keltirayotgani aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 515

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Nike kompaniyasi o'rtasida tuzilgan shartnomaning ayrim bandlari oshkor bo'ldi.
Spiegel nashri "Football Leaks 2" kitobiga asoslanib xabar tarqatishicha, sport anjomlari ishlab chiqaruvchi kompaniya har yili portugaliyalik futbolchiga 16,2 mln evro pul to'lamoqda. Mazkur shartnoma 2016 yilda tuzilgan bo'lib, 2026 yilga qadar amalda bo'ladi. Demak, 10 yil davomida Ronaldu Nike'dan 162 million evro pul oladi.
Ronaldu "Oltin to'p", jahonning eng yaxshi futbolchisi kabi nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritadigan bo'lsa, yana 4 million evro miqdorida mukofot puli qo'shiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219