TsSKA sobiq himoyachisi: «Abbosbek Fayzullaev hozir RPLning eng yaxshi futbolchisi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

TsSKA sobiq himoyachisi Maksim Bokov Abbosbek Fayzullaevni Rossiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi.
“Hozirda Fayzullaev chempionatining eng yaxshi futbolchisi. Dastlab, Abbosbek o'zining jismoniy imkoniyatlari bilan ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirmagandi, keyin esa aqli evaziga u barchadan o'tib ketdi.
Uni Evropaga olib ketishadimi-yo'qmi, bilmadim, lekin u aniq TsSKAga foyda keltiradi. Abbosbek klubda futbolchi sifatida o'smoqda. Agar u shunday o'ynashda davom etsa, eng yaxshi klublar unga qiziqa boshlaydi”, — deydi Bokov.
O'zbekistonda 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Abbosbek Fayzullaev joriy mavsum RPLda 13 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
198